Facebook ijtimoiy tarmog‘i tabiiy ofat yoki halokatlar hududida bo‘lgan yaqinlarining ahvolini bilish, shuningdek o‘zining tirik ekanligini ma’lum qilish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushiradi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kompaniyaning rasmiy blogida keltirilgan axborotda ushbu xizmat aynan qachondan joriy qilinishi ma’lum qilinmagan. “Xavfsizlik tekshiruvi” deb nom olgan yangilikdan butun dunyodagi barcha foydalanuvchilar istalgan turdagi qurilmalarda foydalanishi mumkin bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, odamlar halokatlar vaqtida bir-birini xabardor qilish uchun Facebook’dan hozir ham foydalanmoqda, biroq yangi xizmat ushbu vazifani ancha osonlashtirishi ko‘zda tutilgan. Funksiya yoqilganda, foydalanuvchining halokat hududida joylashgan-joylashmaganligi aniqlanadi, keyin esa “Hammasi joyidami?” degan so‘rov chiqadi. Bunga foydalanuvchi “Men xavfsiz joydaman” deb javob berishi mumkin va bu xabar uning barcha do‘stlariga jo‘natiladi, shuningdek sahifadagi tasmada chop etiladi.
Izoh (0)