AQSh vitse-prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘li giyohvand moddalar uchun tekshiruv vaqtida kokain iste’mol qilgani aniqlangani sababli mamlakat harbiy dengiz kuchlari zahirasidan chiqarib yuborildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Wall Street Journal’ning xabar qilishicha, ma’lumoti bo‘yicha yurist bo‘lgan 44 yoshli Xanter Bayden 2013-yil 7-may kuni AQSh harbiy dengiz kuchlari zahirasiga olingan. AQSh harbiy flotida eng quyi hisoblangan ensin unvoni bilan u Virjiniya shtatidagi Norfolk shahrida harbiy dengiz kuchlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga qabul qilingan.
Xizmat joyida oddiy giyohvand moddalar tekshiruvidan o‘tkazilganda Baydenning kokain iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan. Nashrning xabar berishicha, kichik Baydenning harbiy dengiz kuchlari zahirasidagi faoliyati aslida 2014-yilning fevral oyidayoq tugagan.
Izoh (0)