Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasidagi elektronika zavodining 400 dan ortiq ishchisi yo‘qolgan iPhone 5s smartfonining pulini qoplab berishdan rahbariyat bosh tortgani uchun o‘zini yoqib yuborgan hamkasblarini qo‘llab namoyishga chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Dungan shahrida joylashgan Yaponiyaning “Chjunsin Elektroniks” fabrikasida ishlaydigan 24 yoshli Szen Yunxuey ustidan benzin quyib, qo‘riqchilar va menejerlar ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yuborgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, unga bir necha daqiqa davomida hech kim yordam bermagan. Voqea joyiga yetib kelgan sanitarlar jabrlanuvchini tez yordam mashinasiga olib chiqish uchun yordam so‘raganda ham rad javobini olgan.
Bunday munosabatdan g‘azablangan ishchilar tartibsizliklar keltirib chiqargan. Tartibni saqlash uchun 150 dan ortiq politsiya xodimlari jalb etilishiga to‘g‘ri kelgan.
Szenning so‘zlariga ko‘ra, uning smartfoni shaxsiy narsalar saqlanadigan shkafchadan o‘g‘irlangan. U qo‘riqchilarni mas’uliyatsizlkda ayblab, ish joyiga telefon olib kirishni taqiqlagan rahbariyatdan javobgarlikni bo‘yniga olishni talab qilgan. Bu talabga e’tibor berilmagach, ularni qo‘rqitish niyatida ustidan benzin quygan, lekin yoqish niyati bo‘lmagan. Qo‘riqchilar yaqinlashganda esa sarosimadan yoqib yuborgan.
Izoh (0)