Tojikiston va Afg‘oniston maxsus xizmatlarining Giyohvand moddalar nazorati agentligi tomonidan 2006-yildan buyon birgalikda o‘tkazilgan operatsiyalar chog‘ida Tojikiston chegarasi yaqinida 52 ta geroin ishlab chiqarish laboratoriyasi yo‘q qilinib, 18 tonnadan ortiq turli xildagi giyohvand moddalar topilgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Agentlik rahbari Rustam Nazarzoda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i Ashita Mitall bilan uchrashuvda qayd etishicha, Tojikiston va Afg‘onistonning 312 nafar fuqarosi narkotik moddalar savdosi uchun qo‘lga olingan.Shuningdek, Nazarzoda Tojikiston giyohvand moddalarga qarshi kurashda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, YXHT, Yevropa Ittifoqi, Rossiya Giyohvand moddalar nazorati federal xizmati bilan hamkorlikda maxsus dasturlar amalga oshirayotgani, ShHT, KXShT va “Aksilnarkotik kvartet” kabi tashkilotlar doirasida boshqa davlatlar bilan hamkorlik uchun ochiqligini ta’kidlagan.
Izoh (0)