Bugun Tailand va O‘zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Ravshan Haydarovning aytishicha, ertaga, 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin ikki jamoa uchun ham qiyin kechadi. Kuchli jamoagina jahon chempionatiga yo‘l oladi.
“Bizning terma jamoalarga katta vazifalar qo‘yilgani kabi ishqibozlar ham katta g‘alabalar kutadi. G‘alabadan boshqa yo‘l yo‘q! Jahon chempionatiga chiqishni biz qanday istayotgan va kutayotgan bo‘lsak, Tailand ham shunday kuchli istak bilan maydonga tushadi. Tailand — ajoyib jamoadir. Tezlik, kuch, g‘ayrat va irodasi bo‘yicha musobaqaning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Guruh bosqichidagi oxirgi o‘yinlari Tailandning har qanday sharoitda vaziyatni o‘zgartirishga qodir jamoa ekanligini ko‘rsatdi.
Ob-havo, iqlim? Biz bu sharoitda birinchi marta o‘ynamayapmiz va bu haqda bilar edik. Shularni inobatga olib tayyorgarlik ko‘rganmiz. Ikki jamoa uchun ham qiyin, ishqibozlar uchun esa qiziqarli o‘yin bo‘ladi degan umiddaman”, — dedi Ravshan Haydarov.
Izoh (0)