16-oktabr kuni Xalqaro biznes markazining “Toshkent” zalida O‘zbekistonning e-sport bo‘yicha FIFA15 Jahon kubogi final bosqichiga yo‘l olgan ishtirokсhisiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Dunyoning 32 eng yaxshi geymerlari safiga O‘zbekiston chempioni Abdusapi Qayumov kirdi.
Voqeani sharhlar ekan, Uzbekistan Cyber Games tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov quyidagilarni belgiladi: “Mamlakat kibersportining obro‘si Beeline’ning faol qo‘llab quvvatlashi bois butunlay yangi yuksaklikni egalladi. O‘tgan yildagi Pavel Saprikin va Sardorbek Abdullayevning g‘alabasi, shuningdek, Abdusapi Qayumovning Jahon chempionatiga chiqishi O‘zbekistonni sayyoraning eng kuchli e-sportchilari safiga qo‘shdi.
Bu yili biz Fransiyada muvofiq ravishda ishtirok etishga harakat qilamiz”.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan 26-sentyabrgacha mamlakatning to‘rt yirik shaharlarida ikki ommabop sport turlari: DotA AllStars guruh strategiyasi va futbol simulyatori FIFA14 bo‘yicha turnirlar bo‘lib o‘tdi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 virtual futboli Jahon Kubogi saralash bosqichining bo‘limi edi.
Abdusapi Qayumovni Parijga kuzatar ekan, FIFA arbitri Ravshan Ermatov unga Parijda yorqin tarafda o‘ynashini tiladi.
ESWC 2014 jahon Kubogi o‘yinlari 29-oktabrdan 2-noyabrga qadar Parijda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)