Qirg‘iziston Rossiyaning “Rusgidro” kompaniyasi ishtirokida Yuqori Norin GESlar kaskadi qurilishini boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.
Norin daryosida kichik GESlar qurilishi to‘g‘risida 2012-yilda Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Bishkekda o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida kelishib olingan. Yuqori Norin kaskadiga jami to‘rtta GES qurilishi rejalashtirilgan: 3 ta Norin va Oqbulun GESlari. Birinchi GES qurilishi 2016-yilda, to‘rtinchisi 2019-yilda tugatilishi ko‘zda tutilgan.
Loyihani amalga oshirish uchun “Yuqori Norin GESlar kaskadi” yopiq aksiyadorlik jamiyati tuzilgan bo‘lib, unga teng huquqlarda Qirg‘izistonning “Elektr stansiyalar” va Rossiyaning “Rusgidro” kompaniyalari kirgan. 237 megavatt quvvatga ega bo‘lishi rejalashtirilgan kaskadning yillik energiya ishlab chiqarish imkoniyati 942,4 million kilovatt/soatga teng bo‘lishi aytilgan.
Izoh (0)