“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2014-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida amalga oshirilgan loyihalar hisobotini taqdim etdi.
Hisobotda qayd etilishicha, hozirda kompaniya korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisobga oluvchi zamonaviy elektron hisob asboblarini joriy etishga oid ishlar olib borilmoqda.
Elektron hisoblagichlarni joriy qilish boshlangan vaqtdan boshlab o‘tgan davr ichida yuridik iste’molchilarga 237 ming 763 ta uch fazali va 138 ming 704 ta bir fazali elektron hisob asboblari o‘rnatilgan.
Shu kunga qadar, maishiy iste’molchilar foydalanishiga topshirilgan uch fazali elektron hisob asboblari miqdori 13 ming 409 donani tashkil etgan bo‘lsa, ularning bir fazali turi uch million 287 ming 282 joyga o‘rnatilgan.
Izoh (0)