Osiyo Kubogi — 2015 final bosqichi bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida BAAning Dubay shahrida ikkita yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyiligidagi milliy terma jamoa BAAdagi dastlabki yig‘inini 2—14-dekabr kunlari o‘tkazadi. Dubay shahrida tashkil etiladigan ikkinchi yig‘in esa 17—28-dekabr kunlariga mo‘ljallangan. Yig‘in davomida milliy terma jamoa sakkizta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmoqda va ayni damda bir qator futbol assotsiatsiyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ta’kidlash joiz, dekabr oyi so‘nggida milliy terma jamoa Iroq terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Iroqqa qarshi o‘yinlar 26 va 28-dekabr kunlari Dubay shahrida o‘tkaziladi.
Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyida o‘tkazadigan beshta o‘rtoqlik uchrashuvi uchun raqiblar nomi aniq. Unga ko‘ra, Quvayt (10-dekabr), Falastin (13-dekabr), Iordaniya (20-dekabr), va Iroq terma jamoalariga (26 va 28-dekabr kunlari) qarshi o‘yinlar o‘tkazilishi tasdiqlangan.
Izoh (0)