“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2014-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida amalga oshirilgan loyihalar hisobotini taqdim etdi.
Hisobotda qayd etilishicha, “Sog‘lom bola yili” soha dasturi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarf-xarajat 3,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa davr prognoziga nisbatan 127 foizga tengdir.
Oziq-ovqat dasturi doirasida esa yuqorida keltirilgan muddat mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.
Xususan, 2014-yilning to‘qqiz oyi mobaynida 21,48 tonna go‘sht, 533,3 tonna sut, 227,5 tonna sut mahsulotlari iste’molchilarga yetkazib berildi. Bundan tashqari, yetkazilgan 317,86 tonna sabzavotning 235,9 tonnasini bodring va 81,98 tonnasini pomidor tashkil etdi.
Izoh (0)