Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares o‘tgan mavsumda to‘purarlik bo‘yicha qayd etgan natijasi uchun “Oltin butsa” sovriniga ega bo‘ldi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Ushbu sovrinni unga “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Kenni Dalglish topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Suares “Liverpul” tarkibida 33 o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shuningdek, u 17 ta golli uzatma ham amalga oshirgan.
Suaresni taqdirlash marosimiga Xavi, Inyesta va Busketslar ham keldi.
Izoh (0)