Google kompaniyasi 15-oktabr kuni yangi Android versiyasi, Nexus 6 smartfoni bilan birgalikda Nexus 9 planshetini ham taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Nexus 9 plansheti HTC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda va u Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. Unda 8,9 dyuym 2048×1536 pikselli displey, 64 bitli Nvidia Tegra K1 protsessori, 2 Gb tezkor xotira va 9 soatga yetadigan batareya o‘rnatilgan. Shuningdek, ushbu planshet metal korpusga ega va u ilk 64 bitli protsessor o‘rnatilgan Nexus plansheti hisoblanadi.
Nexus 9 planshetini oldindan buyurtma qilish 17-oktabrdan va uning sotuvi 3-noyabrdan boshlanadi. Planshetning 16 Gb xotirali turi 399 dollar, 32 Gb xotirali turi 479 dollar va 32 Gb xotirali LTE modulida ishlaydigan turi esa 599 dollardan sotiladi. Planshetlarning xotirasini MicroSD yordamida 32 gigabaytgacha kengaytirish tavsiya qilinadi. LTE modulidagi va qum rangidagi Nexus 9 planshetlari yil oxiriga qadar sotuvga chiqmaydi.
Yangi Nexus 9 planshetining suratlarini “Parol” nashridagi ushbu fotojamlanmada tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)