Nepal hududidagi Himolay tog‘larida qor ko‘chishi natijasida halok bo‘lgan alpinistlarning soni 29 taga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumat axborotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlab 21 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Keyinroq esa yana uch alpinistning jasadi topilgan. Shuningdek, yana besh alpinist halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda, chunki ular qor oqimi o‘tgan “Annapurna halqasi” yo‘lagida bo‘lgan. Qutqaruvchilar ularni hozircha topolmagan.
Avval xabar berilganidek, Hindiston sharqiy sohiliga Xudxud to‘foni yopirilishi natijasida Himolay tog‘larida sodir bo‘lgan qor ko‘chishidan keyin 168 nafar sayyoh yo‘qolib qolgan, keyinroq ulardan 13 nafari topilgan edi.
Izoh (0)