Nepallik qutqaruvchilar Himolay tog‘laridagi qor ko‘chishi natijasida halok bo‘lgan yana yetti sayyohning jasadini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shunday qilib, tabiat hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 36 nafarga yetdi. Avvalroq, qor ko‘chishi 29 kishini hayot bilan vidolashtirgani haqida xabar berilgan edi.
Nepal trekking agentliklari uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi halok bo‘lganlarning olti nafari xorijliklar, yana biri nepallik bo‘lgan. Jasadlar Mustang ma’muriy okrugidagi Muktinatx vodiysiga olib kelingan.
Izoh (0)