“Zenit” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Rossiya chempionatida “Krasnodar”ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“‘Krasnodar’ — menga yoqadigan jamoa, men uchun u Rossiyada eng yaxshisi. Ular hujumkor o‘yin ko‘rsatadi, qarshi hujumlardan foydalanadi. Agar xato qilsak, gol ko‘rinishida jazolanamiz. Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi.
‘Krasnodar’ o‘tgan yilga qaraganda kuchaydi. Mazkur klub chempionatda mag‘lubiyatsiz bormoqda. Yevropada ham o‘z faoliyatini yaxshi boshladi. ‘Krasnodar’ Shirokovni yo‘qotdi, ammo Ahmedov, Bistrov va Izmaylovlarni qo‘shib oldi. Ular klubni kuchaytirdi”, — dedi “Chelsi”ning sobiq ustozi.
Izoh (0)