Tanzaniyaning Murufiti qishlog‘ida darg‘azab olomon jodugarlikda gumon qilinayotgan yetti nafar kishini yoqib yubordi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, machete (uzun qilich) bilan qurollangan qishloq aholisi “jodugar” deb tahmin qilinayotgan shaxslarga hujum qilib, ularni bo‘laklarga bo‘lib tashladi, so‘ngra ularni yoqib yubordi. Halok bo‘lganlarning ikki nafaridan tashqari, qolgan barchasi 60 yoshdan oshgan edi.
Tartibot qo‘riqchilari fojia sababchilarini — jami 23 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalliy tabib ham bo‘lgan. Qo‘lga olinganlarning barchasiga qasddan sodir etilgan qotillik ayblovi qo‘yildi.
Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta’kidlashicha, har yili Tanzaniyada taxminan 500 nafar “jodugar” — odatda, yoshi katta keksa ayol va albinoslar qatl etiladi. Mahalliy dehqonlar “jodugar”larni o‘z baxtsizliklarida ayblaydi. Dehqonlarning qayd etishicha, “jodugar”lar farzandsizlik, qashshoqlik va biznesdagi omadsizliklarga olib keluvchi qarg‘ishlar yuboradi.
Izoh (0)