Kecha Myanma shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bosqich so‘nggi tur uchrashuvlari yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Unda keyingi bosqichga yo‘l olgan sakkizta jamoaning nomlari aniqlandi. Garchi Iroq yoshlarining ko‘rsatkichlari KXDR termasidan yaxshiroq bo‘lsa-da, o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyat Shimoliy koreyaliklarni pley-offga olib chiqdi.
17-oktabr kuni o‘tkaziladigan chorak finalga yo‘l olgan jamoalar orasida O‘zbekiston termasi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda g‘alaba qozongan termalar kelasi yili Yangi Zelandiya davlatida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Chorak final juftliklari:
BAA — Myanma (14:oo)
Yaponiya — KXDR (14:00)
Tailand — O‘zbekiston (17:30)
Qatar — Xitoy (17:30)
Izoh (0)