16-oktabr kuni San-Fransiskoda 30 ta taniqli ishlab chiqaruvchilar ishtirokida qadimiy gilamlar va tekstil mahsulotlarining an’anaviy har yillik ko‘rgazmasi boshlanadi, deb xabar bermoqda Uz24.
Bu yilgi festival doirasida Dennis Markvandning shaxsiy kolleksiyasidan o‘rin olgan o‘zbek va qirg‘iz gilamlarining maxsus ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Dennis Markvand bu turdagi materiallarni yig‘uvchi eng mashhur kolleksionerlardan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmada gilamlar uning o‘g‘li Uesli Markvand tomonidan namoyish etiladi.
Izoh (0)