“Levada” tahlil markazi tomonidan 26-29-sentabr kunlari Rossiyaning turli hududlarida 1630 kishi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, rossiyaliklar orasida prezident Vladimir Putinga ishonuvchilar soni oshgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Xabarda aytilishicha, Putinning “haqiqiy ishlar prezidenti” deb hisoblaydiganlar soni ushbu so‘rovda birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ishtirokchilarning 31 foizi Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan, 23 foizi uni demokratik bozor islohotlarini o‘tkazishni to‘xtagmaguncha qo‘llashini aytgan, 17 foizi esa boshqa munosib nomzodning yo‘qligi sababli Putinni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
So‘ralganlarning 42 foizi Putin Rossiya xalqining hayoti yaxshilanishiga erishishni istashi, biroq byurokratiya to‘siqlari sababli bu ish qiyinlashganiga ishonishini aytgan (2012-yilda bu ko‘rsatkich 33 foiz bo‘lgan). Bu borada 10 ballik tizimda Putinga o‘rtacha 7,33 ball qo‘yilgan. Prezidentdan aholi hayotida ijobiy o‘zgarishlarni kutuvchilar to‘qqiz foizgacha tushib ketgan.
Shu bilan birga, Putin obrazida shaxsga sig‘inish belgilarini ko‘ruvchilar 2010-yildagi 27 foizdan hozir 19 foizgacha kamaygan. So‘rov ishtirokchilarining 40 foizi esa shaxsga sig‘inish umuman mavjud emasligini aytgan.
Izoh (0)