“Roskosmos” rahbari o‘rinbosari Denis Liskov hozirda ishlab chiqilayotgan Uzoq koinotni o‘zlashtirish Rossiya dasturi 2030-yildan keyin Oyga uchuvchili parvozni amalga oshirishni ko‘zda tutishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
“Ushbu hujjatda Oyga uchuvchili parvoz va Marsga uchuvchisiz parvoz ko‘zda tutilgan”, − dedi Liskov “Ochiq innovatsiyalar” forumida. Shuningdek, u Harbiy-sanoat komissiyasining ilmiy-texnikaviy kengashida muhokama qilingan dastur hukumatga jo‘natilganini ta’kidlagan.
Liskovning so‘zlariga ko‘ra, dastur 2016—2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lsa ham, uzoq koinotni o‘zlashtirish ishlari keyinroq amalga oshiriladi. Jumladan, Oyga uchuvchili parvoz 2030-yildan keyin qilinishi aytilgan.
Izoh (0)