Myanma davlatida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar ishlamoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ravshan Ermatov “D” guruhining ilk turidan o‘rin olgan Iroq — Ummon uchrashuvini boshqarib bordi. Iroqning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan o‘yinda o‘zbekistonlik hakam bir marotaba ham kartochka ko‘rsatgani yo‘q. Bu bahsda unga o‘zbekistonlik Abdulhamidillo Rasulov va Shri Lanka vakili Denye Gedara Xematunga assistentlik qildi.
Kecha “C” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya — Yaponiya uchrashuvida ham Ermatov ishladi. Bahs yaponlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yinda qanotlarda Abdulhamidillo Rasulov va singapurlik Jeffri Gox hakamlik qildi.
Izoh (0)