O‘zbekistonda yoshlarning axloqiy buzuqlikni targ‘ib etuvchi saytlarga kirishining oldini olish maqsadida internet klublardagi kompyuterlarga maxsus taqiqlovchi dasturlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Bunda barcha xabarlar avtomatik tarzda filtrlanadi yoki bola o‘zi qiziqib nojo‘ya axborotni olmoqchi bo‘lganida avtomatik taqiq ishga tushadi.
Ayni paytda mazkur dasturlar ham to‘liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, chunki ba’zida ular foydali axborotni cheklab qo‘yishi yoki keraksizini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Xabarda mazkur taqiqlovchi dastur nomi, uning qaysi internet klublarida o‘rnatilayotgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)