AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQSh va jahon hamjamiyati Ukraina janubi-sharqidagi o‘z taqdirini o‘zi belgilash bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Ukrainadagi yagona qonuniy saylov Oliy Radaga bo‘ladigan saylovdir. Mustaqillik to‘g‘risida referendum o‘tkazishga har qanday urinish Minskdagi kelishuvlarning buzilishi bo‘ladi”, − dedi Kerri 15-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvidan so‘ng.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi Donetsk aeroporti atrofidagi otishmalarni tezda to‘xtatish zarurligini eslatib o‘tgan.