2014-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan Sunnatov Ulug‘bek Jalilovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq Sunnatov Ulug‘bek Jalilovich Bosh prokuror o‘rinbosari — Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
Izoh (0)