Jahonning eng boy modeli Jizel Bundxen afsonaviy Chanel No.5 atirining reklama kampaniyalaridagi yangi “yuzi”ga aylandi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Nyu-Yorkda mashhur brendning reklama roligi taqdimoti o‘tkazildi. Braziliyalik supermodelga klip premyerasida uning rejissori Baz Lurman hamrohlik qilgan. Bundxen bilan tuzilgan shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan.
Chanel brendi reklama kampaniyasining avvalgi “yuz”lari Merilin Monro, Katrin Denyov, Odri Totu, Bred Pitt, Nikol Kidman kabi mashhur aktyor va aktrisalar bo‘lgan.
Izoh (0)