Buyuk Britaniyada bir erkakka Londonning spirtli ichimliklar sotiladigan joylariga kirish 25 yil muddatga taqiqlab qoyildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bunday holat sud amaliyotida ilk marta qo‘llanilgan. Shuningdek, 12 ta o‘g‘rilikda ayblanayotgan 34 yoshli Rodni Uilyams 4 yillik qamoq jazosiga ham mahkum qilingan.
Uilyams sharqiy Londondagi barlardan birida sumka o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Politsiya tekshiruvlari natijasida u yana 12 ta jinoyatda ayblangan. Jinoyatchi ko‘pincha poytaxtning sharqiy qismidagi barlar, klublar va restoranlarda o‘z qilmishlarini amalga oshirgan.
Izoh (0)