Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi rahbari Vigaudas Ushatskasning ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatini oktabr oxirida ko‘rib chiqadi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
“Oyning oxiriga kelib sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala vaziyatning yaxshilanishi, qo‘shinlarning chiqarilishi, chegara nazorati qay tarzda kechishi borasidagi ijobiy o‘zgarishlarga bog‘liq”, — deb ta’kidladi Ushatskas.
“Ushbu natijalar asosida sanksiyaning qisman yoki to‘liq olib tashlash imkoniyati mavjudligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilamiz”, — deb qayd etdi u.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Yevropa Ittifoqi darajasida sanksiya masalasi 30-sentabrda a’zo davlatlar elchilarining yig‘ilishida ko‘tarilgan edi. Unda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni o‘zgarishsiz qoldirish qarori qabul qilingan edi.
Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni olib tashlashi uchun hech qanday mezonni bajarmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)