Ukraina Oliy Radasida MDHni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishini to‘xtatish haqidagi qonun loyihasi ro‘yxatga olindi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasining rasmiy saytiga tayangan holda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Hujjatning matni hali nashr etilganligicha yo‘q. “Svoboda” partiyasining ikki deputati — Aleksey Kayda va Aleksandr Mirniy uning muallifi hisoblanadi.
Qayd etish lozim, Ukrainaning MDHdagi ishtirokini to‘xtatish masalasi bir necha oydan beri keng muhokama qilinmoqda.
MDH ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ukraina hamdo‘stlikdagi ishtirokini to‘xtatish uchun hech qanday amaliy xatti-harakat sodir etgani yo‘q.
Ukraina parlamenti va hukumatida esa bu qarorni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 10-oktabr kuni Belorussiya poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida ishtirok etmadi. Mazkur uchrashuvda Ukrainaning Belorussiyadagi elchisi Mixail Yejel o‘z davlatining vakili sifatida qatnashdi.
Izoh (0)