Belorussiya poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to‘r bahslari start oldi. Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada o‘zbekistonlik sportchi Shonig‘mat Shofayziyev ham ishtirok etmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Shofayziyev ilk davradayoq ukrainalik Dmitro Badanovga 6:7(6), 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi Shofayziyev o‘z imkoniyatini juftliklar musobaqasida sinovdan o‘tkazadi.
Belorussiyalik Andrey Vasilevskiy bilan birga birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Shofayziyev ilk davrada rossiyalik tennischilar — Anton Desyatnik va Ilya Shatskiy hamkorligi bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.
Izoh (0)