Novosibirskdagi “Vektor” nomli Rossiya davlat virusologiya va biotexnologiya markazi moliyalashtirish manbasi topilgan taqdirda OIV/OITSga qarshi vaksina sinovlarining ikkinchi bosqichini boshlashga tayyor, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“KombiVIChvak” Rossiyada OIV/OITSga qarshi ishlab chiqilgan yagona vaksina bo‘lib, uning sinovlarining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish hali ochilmagan.
“Vektor” bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, klinik sinovlarning ikkinchi bosqichi vaksinaning xususiyatlarini odamlarda sinab ko‘rishdan iborat bo‘ladi. Yetarlicha moliyalashtirilsa, sinovlar 1,5−2 yil ichida tugashi mumkin.
Izoh (0)