Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq, Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi − Senat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Rossiya, Belorussiya va Qozog‘iston o‘rtasida 2014-yil may oyida imzolangan shartnoma 2015-yil 1-yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, shartnomaga 10-oktabr kuni Armaniston ham qo‘shilgan.
Izoh (0)