Qarshi shahrida g‘uzorlik ayol 78 yoshli Xurram ayaning qo‘lidan sumkasini tortib olib qochib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, sumka ichida 210 ming so‘m pul, Nokia rusumli uyali telefon va plastik kartochkasi bo‘lgan.
Qochib ketgan ayol mazkur hududda xizmat o‘tayotgan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Endi u qilmishiga yarasha qonuniy jazolanishi aniq, deyiladi nashrda.
Izoh (0)