Chexiya poytaxti Pragadan 160 kilometr janubi-sharqda joylashgan Jdyar-nad-Sazavou shahrida pichoq bilan qurollangan noma’lum ayol maktab o‘quvchilariga hujum qildi, deb xabar bermoqda “Reuters”.
Hodisa oqibatida 16 yoshli o‘smir halok bo‘ldi. Bundan tashqari, ismi oshkor qilinmagan 26 yoshli ayol yana ikki o‘quvchi qizga va uni ushlashga uringan politsiya xodimiga ham jarohat yetkazgan.
Ayol nima sababdan hujum uyushtirgani ma’lum emas. Hozirda u qo‘lga olingan.
Izoh (0)