Buxoro tumanidagi So‘fikorgar qishloq fuqarolar yig‘inida Choruq qishlog‘ilik tadbirkor Rauf Niyozov ajratgan mablag‘ evaziga yangi stadion qurildi, deb xabar bermoqda “Narodnoye slovo”.
“Besh yildan buyon ishlatilmay turgan 1,2 gektar yer maydonida sportzal qurilishini boshladik. Joriy yil bahorida ‘Agrobank’ning Buxoro tumani filialidan 288 million so‘mlik kredit oldik. Bu mablag‘ga stadion qurib, unga sun’iy chim yotqizdik. Endi yoshlar bu yerda sport bilan shug‘ullanib, o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlashi mumkin”, − dedi Niyozov.
Niyozovning so‘zlariga qaraganda, stadion qurilishiga 188 million so‘mlik mablag‘ ketgan. Qolgan 100 million so‘mni tadbirkor sportzal qurilishiga ishlatish niyatida.
Izoh (0)