Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida “Sharq yakkakurashlari go‘zali − 2014” VII Respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi − O‘zbekiston Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazi rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bu yilgi tanlovda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek jang san‘ati, dzyudo, ushu, penchak-silat kabi sportlar bo‘yicha qator respublika va xalqaro musobaqalar ishtirokchi-qizlari bahs olib borgan.
Final bosqichida ishtirok etgan qizlarning birortasi e’tibordan chetda qolmagan. Yakunda o‘zbek jang san’ati ustalari Maftuna To‘yeva “Umid” va Zarnigor Nurullayeva “Latofatli”, penchak-silat bilan shug‘ullanuvchi Zulfiya Roziqova “Nafosatli” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. Uchinchi o‘rin dzyudochi Amina Mamedovaga, ikkinchi o‘rin ushuchi Kamola Qurbonovaga nasib etgan bo‘lsa, g‘oliblik toji va “Sharq yakkakurashlari go‘zali − 2014” unvoni o‘zbek jang san’ati federatsiyasi sharafini himoya qilgan Maftuna Xudoyorovaga munosib ko‘rildi.
Izoh (0)