Shu kunlarda Hindistonning Puna shahrida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini poytaxtlik Shamsiddin Vohidov hamda sirdaryolik Sarvinoz Qurbonboyeva himoya qilyapti. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Kecha o‘tkazilgan 7-tur uchrashuvida Shamsiddin Vohidov mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bu safar u qora donalarda hindistonlik Prins Bajajga bir ochkoni hadya qildi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashayotgan Sarvinoz Qurbonboyeva esa ketma-ket ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. U oq donalarda yana bir hind shaxmatchisi Tejasvini Sagarni taslim etdi.
Bugun o‘tkaziladigan 8-turda Shamsiddin Vohidov qozog‘istonlik Erkin Kozganbay bilan hisob-kitob qilsa, Sarvinoz Qurbonboyeva mezbon shaxmatchi bilan kuch sinashadi. Uning raqibasi – Polturi Supritta. 8-tur oldidan har ikki shaxmatchimizda 3,5 tadan ochko bor.
Izoh (0)