Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-Prisi davom etmoqda. Kecha musobaqada 9-tur partiyalari o‘ynaldi. Musobaqada mag‘lubiyatsiz odimlab kelgan hamyurtimiz aynan ushbu turda yutqazib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Qora donalarda harakat qilgan Qosimjonov 23-yurishdan keyinoq mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. 10-tur oldidan Rustam 4,5 ochko bilan 7-o‘ringa pastladi. Lekin bitta g‘alaba uni kuchli uchlikka yana qaytarishi mumkin. Bugun 10-turda hamyurtimiz oq donalarda rossiyalik Aleksandr Grishuk bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
9-tur natijalari
Xikaru Nakamura (AQSh) – Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) 1:0
Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) – Boris Gelfand (Isroil) 1:0
Teymur Rajabov (Ozarbayjon) – Sergey Karyakin (Rossiya) 0,5:0,5
Petr Svidler (Rossiya) – Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) 0,5:0,5
Dmitriy Andreykin (Rossiya) – Lener Dominges (Kuba) 1:0
Fabiano Karuana (Italiya) – Aleksandr Grishuk (Rossiya) 0:1
Turnir jadvalidagi holat: Karuana, Nakamura, Gelfand, Karyakin, Rajabov, Svidler - 5 ochkodan, Qosimjonov, Tomashevskiy - 4,5 tadan, Grishuk, Mamadiyarov, Andreykin – 4 tadan, Dominges - 3.
10-tur juftliklari
Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Aleksandr Grishuk (Rossiya)
Lener Dominges (Kuba) – Fabiano Karuana (Italiya)
Yevgeniy Tomashevskiy (Rossiya) – Dmitriy Andreykin (Rossiya)
Sergey Karyakin (Rossiya) – Petr Svidler (Rossiya)
Boris Gelfand (Isroil) – Teymur Radjabov (Ozarbayjon)
Xikaru Nakamura (AQSh) – Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon).
Izoh (0)