Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘ta og‘ir vazn toifasidagi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingidan chetlashtirildi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua WBA rasmiy saytida e’lon qilingan yangi ro‘yxatga tayanib.

Foto: rustoria.ru

Foto: rustoria.ru

Yangi reytingdagi yuqori 15 talikka Povetkin kiritilmagan, avval u uchinchi o‘rinda joylashgan edi, deb yozadi nashr.

Povetkin 2011—2013-yillarda WBA “doimiy” jahon chempioni unvoni sohibi bo‘lgan. O‘tgan yilning oktabrida u Vladimir Klichkoga ochkolar bo‘yicha yutqazib qo‘ydi. Shu yilning bahorida WBA unga “doimiy” chempionlik unvoni uchun kubalik Luis Ortis bilan jang qilishni taklif etdi. Povetkin bu taklifni rad etib, uning o‘rniga may oyida germaniyalik Manuel Charr bilan ringga tushdi va 7-raundda yutqazib qo‘ydi.

Keyingi bahsni u 24-oktabr kuni Moskvada kamerunlik Karlos Takamga qarshi olib boradi.

Ayni paytda o‘ta og‘ir vazn bo‘yicha WBA reytingida Ortis yetakchilik qilmoqda. Keyingi jangni u o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga qarshi olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBA o‘zbekistonlik “doimiy” jahon chempioni Ruslan Chagayev va kubalik vaqtinchalik chempion Luis Ortis o‘rtasida o‘ta og‘ir vaznda unvon uchun kurash bo‘yicha muzokaralarni boshlash majburiyatini yuklagan edi. Tomonlar berilgan 30 kun muddat ichida kelishib olmasa, jangni o‘tkazish huquqi kimoshdi savdosiga qo‘yilishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi