Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni damda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rmayotganini, ammo uni yana bir bor qo‘lga kiritishdan xursand bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Mening vazifam — doim yuqori saviyada to‘p surish. Oxirgi 6-7 yil ichida bunga erisha olmayotgan edim. Bu esa juda qiyin vazifa”, — dedi portugaliyalik futbolchi.
“Men juda xotirjamman. Statistikamga qarang, menda hammasi yaxshi ketmoqda. Umuman olganda, ‘Oltin to‘p’ tushlarimga kirib chiqayotgani yo‘q. Uni qo‘lga kiritish uchun boshqacha kuch bilan o‘ynayotganim ham yo‘q. So‘rovnomada ovoz berayotganlar o‘zlari barchasini yaxshi biladi va hali o‘ylab ko‘rishlari uchun imkoniyatlari bor. To‘g‘risini aytishim kerak, men bu sovrinni uchinchi bor qo‘lga kiritishni istayman. Ammo bu mening qo‘limda emas”, — dedi Ronaldu.
Izoh (0)