Qatar davlati Falastinning G‘azo sektorini qayta tiklash uchun 1 milliard dollar ajratadi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Qatar davlati G‘azoni tiklash ishlarida ishtirok etishini ma’lum qiladi. Buning uchun 1 milliard dollar ajratiladi”, – dedi Qatar tashqi ishlar vaziri Xolid al-Attiya Qohirada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.
Avvalroq, AQSh G‘azo sektorini qayta tiklash uchun 212 million dollar ajratishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)