Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat mudofaa vaziri Valeriy Geleteyning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi so‘rovini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Poroshenko bugun, 13-oktabr kuni Ukraina Oliy Radasiga yangi vazir nomzodini taqdim etgan va bu bo‘yicha ovoz berish seshanba kunidan qolmasligiga umid bildirgan.
Iste’foga chiqqan Valeriy Geleteyning so‘zlari bir necha marta Rossiya Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan provokatsiya sifatida baholangan. Ukrainaning yadroviy davlat maqomini tiklash, mamlakat sharqida “Ulug‘ vatan urushi”ning boshlanishi kabi bayonotlari shular jumlasidandir.
Izoh (0)