O‘zbekiston tashqi savdo kompaniyalari 13−14-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida paxta yetkazib berish bo‘yicha qiymati 1 milliard dollardan ortiq eksport shartnomalari tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vakiliga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yarmarkada 600 ming tonnadan ortiq 2014-yilgi paxta hosili forvard bitimlar sharti asosida sotuvga qo‘yiladi. Bundan tashqari, yarmarka doirasida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi valyuta maydonlarida 50 ming tonnaga yaqin paxta tolasi eksporti bo‘yicha shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi O‘zbekiston hukumati tomonidan Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi ko‘magida 2005-yildan buyon tashkillashtirib kelinadi.
Izoh (0)