12-oktabr kuni Hindistonning janubi-sharqiy sohillariga “Xadxad” nomli to‘fonning yopirilishi natijasida bir kishi yiqilgan daraxt ostida qolib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Siklon markazida shamol tezligi 54 metr sekundga yetgan. To‘fon kelishidan oldin Andxra-Pradesh va Odisha shtatlari hukumati sohil bo‘ylaridan 500 ming kishini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilgani xabar berilgan edi.
Hindiston Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari 2000 kishidan iborat 60 ta qutqaruv brigadasini ishga tushirgan. Shuningdek, harbiy-transport vertolyotlari ham yordamga shay holatga keltirib qo‘yilgan.
To‘fon suratlarini “Chorsu” blogidagi ushbu fotojamlanmada tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)