Yangi OLED televizorlarining ishlab chiqarilishi ko‘rish va ovoz sifatini butunlay yangi darajaga olib chiqdi, deb xabar bermoqda LG kompaniyasi.
LG kompaniyasi o‘z televizorlarida OLED texnologiyalarining WRGB OLED turidan foydalanadi. Mazkur texnologiya to‘rt piksel – qizil, yashil, ko‘k va oq rangning subpikseliga ega. Har bir piksel istalgan rangni keng spektrda namoyish etish uchun kerakli barcha elementlarga ega bo‘lganligi bois rang axboroti LED’ga nisbatan OLED displeylarida aniqroq uzatiladi.
Buning ustiga ular rangdorlik mukammalligi va teranligi bo‘yicha, shuningdek, kartinaning real ko‘rinishi bilan LED’dan o‘tib ketadi. To‘rt rangli piksel texnologiyasi tabiiy ranglar yetkazilishini ta’minlaydi. LG Curved OLED TV televizorining aynan egik displeyi tasvirning o‘ta yuqori sifati bilan lol qoldiradi. Buning yana bir sababi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yoqiladigan svetodiodlardir.
LG OLED televizorlari benuqson ko‘rish imkoniyati burchaklariga ega. Boshqa zamonaviy televizorlardan farqli ravishda, LG Curved OLED TV displeyi inson ko‘zining to‘r pardasi radiusini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan, ko‘rish burchagi esa 170 darajagacha oshirilgan. Shuningdek, har bir piksel mustaqil ravishda yoritiladi. Uning yoritilishi ushbu aspekt hali ham bo‘shligicha qolayotgan LED ekranlariga nisbatan istalgan ko‘rish burchagidan bemalol uzatiladi.
LG OLED TV televizorlari dinamik sahnalarda tasvirning o‘ta zo‘r sifatini namoyish etadi. OLED texnologiyasi hozirjavoblikda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Shuningdek, LED’dagi kabi dinamik sahnalarda tasvirning o‘zgarib ketishi va harakatdagi manzaraning chaplashib ketishi mutlaqo kuzatilmaydi.
Yangi OLED televizorlarining bebaho ustunligi tasvirning eng tez harakatlanadigan sahnalarda ham o‘ta yuqori kontrastga (10000:1) egaligidadir. Texnologiyalarning bunday birikmasi tasvir sifatini yangi bosqichga ko‘tarib, ekranda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga yana ham chuqurroq kirib borishga imkon beradi. Boshqa barcha teng shart-sharoitlarda OLED televizori deyarli 10 barobar kam energiya sarflaydi.
LG Curved OLED TV televizori bor-yo‘g‘i 4,3 mm qalinlikka ega. Televizor korpusi eng mustahkam material — samolyotlar qurishda ishlatiladigan polikarbonatdan yasalgan, oddiy televizorlarda esa oddiy plastikdan foydalaniladi.
Izoh (0)