Shu kunlarda Hindistonning Puna shahrida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini poytaxtlik Shamsiddin Vohidov hamda sirdaryolik Sarvinoz Qurbonboyeva himoya qilyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Kecha o‘tkazilgan 5-tur uchrashuvida Shamsiddin Vohidov qora donalarda o‘ynashiga qaramay g‘alaba nashidasini surdi. U hindistonlik Vigneshni mag‘lubiyatga uchratdi.
Qizlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashayotgan Sarvinoz Qurbonboyeva esa bu safar ham reytingda o‘zidan ancha pastda joylashgan shaxmatchiga yutqazib qo‘ydi. Oq donalarda o‘ynagan Sarvinoz hindistonlik Shekxar Madxurimaga bir ochko hadya qildi.
Izoh (0)