“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh mijozining transfer qiymatini ma’lum qildi. Agentning aytishicha, 29 yoshli hujumchi bor e’tiborini faqat o‘z faoliyatiga qaratadi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“Krishtianu Ronalduning transfer qiymati bir milliard yevroni tashkil qiladi. Uning uchun hech qanday imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. U faoliyatini yakunlagunga qadar bor e’tiborini professionallikka bag‘ishlaydi.
U qay darajada fenomen ekanini hamma tushunib turibdi”, — dedi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bilan “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)