Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrou Barak Obamani intiluvchan va jozibali erkak, deb atadi. U bu haqda Los Anjelesda o‘zining eng yaqin do‘stlari, jumladan, AQSh prezidenti uchun tashkil qilgan kechasida ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Gawker blogi.
Tadbirda 42 yoshli aktrisa Obamani “ajoyib o‘rnak” bo‘lishini aytib, o‘zi uning muxlisi ekanligini tan olgan. Peltrou mashhurlar orasida Obamaning eng sodiq tarafdorlaridan biri hisoblanadi. “Siz shunchalik jozibalisizki, sizga qarasam so‘zlarimni yo‘qotib qo‘yaman”, − dedi u prezidentga qarab. Bunga javoban Obama bunday tadbirlarda yana ishtirok etish niyati borligini aytgan.
Peltrou tashkillashtirgan kechaga kirish chiptasi narxi 15 ming dollar bo‘lib, to‘plangan mablag‘ xayriya maqsadlarda ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Obamadan tashqari tadbirda Juliya Roberts, Bredli Uinford va kecha sohibasining yana 47 tanishi qatnashgan.
Izoh (0)