AQShning birinchi xonimi Mishel Obama Oq uyga o‘z karyerasini moda sanoatida qurmoqchi bo‘lgan 150 nafar talaba va yuqori sinf o‘quvchilarini taklif qildi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
U yerda tashkil etilgan Fashion Education Workshop mahorat darslarida boshlovchi dizaynerlar taniqli moda professionallari bilan suhbatlashib, bu sohada muvaffaqiyatga erishish sirlaridan voqif bo‘lishdi.
Mishel Obama mehmonlarni asli Ukrainaning Ternopol shahridan bo‘lgan, Nyu-York moda va texnologiyalar instituti talabasi Natalya Koval ijodiga mansub ko‘ylakda kutib oldi. Aynan u Oq uydagi seminarda qatnashib, Dizayn tanlovida g‘olib bo‘ldi.