Poytaxtda davom etayotgan tennis bo‘yicha Tashkent Challenger turnirining juftliklar musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov moldovalik hamkori Radu Albot bilan finalga chiqa olmadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Yarim final uchrashuvida Do‘stov va Albot Frank Mozer hamda Aleksandr Satchko juftligiga 6:7, 6:3, hal qiluvchi tay-brekda 3:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Farrux Radu bilan birga yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan bahsda avstraliyalik Ramiz Junaid hamda rossiyalik Konstantin Kravchuk juftligini 6:4, 6:3 hisobida taslim etgan edi.
Ma’lumot uchun, turnirning mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Izoh (0)