Belgiyalik o‘smir mobil ilovilar ichidagi xaridlar tizimi qurboniga aylandi: u Game of War: Fire Age o‘yinida turli xil ashyolarni sotib olish uchun deyali 46 ming dollar sarflab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
15 yoshli bola faqatgina bepul o‘yinlarni o‘ynashga onasi bilan kelishgan. Biroq keyinroq onasi o‘g‘lidan bir nechta elektron kitoblar sotib olish uchun kredit kartasi ma’lumotlarini bergan. Game of War o‘yini shartli bepul hisoblansa-da, o‘yin ichida turli narsalar sotib olish uchun pul to‘lash kerak. Bank ma’lumotlarini olgan o‘smir ham o‘yinda har xil narsalar, jumladan oltin sotib olishga kirishib ketgan. Natijada u bir necha oy davomida ota-onasining hisob raqamidan katta miqdordagi pulni sarflab yuborgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinda haqiqiy pullarni sarflayotganini xayoliga ham keltirmagan, tizim esa undan xaridni tasdiqlash uchun hech nima so‘ramagan.